Mutlaq chempion pul sabab UFC’dan ketadi
Sport
−
14 yanvar 2022
5253Super og‘ir vazn toifasida UFC chempioni, kamerunlik aralash yakkakurash ustasi Fransis Ngannu avvalgi shartnomasi bo‘yicha boshqa hech qachon, jang qilmasligini ma’lum qildi. Chunki chempion kam maosh olayotganidan norozi.
“Men endi 500 000 yoki 600 000 AQSH dollari uchun kurashmayman, hammasi tugadi. Navbatdagi jangga shaxsiy sabablarga ko‘ra rozilik berdim, chunki ishonch hosil qilmoqchiman. Bu adolatli bo‘ladimi yoki yo‘q, men ushbu shartnoma bo‘yicha ortiq jang qilmayman”, deydi Ngannu “BJ Penn”ga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Biroq, Fransis Ngannu ish haqi oshishini kutmoqda. Agar uning taklifi inobatga olinsa, shartnomani yangilashi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Ngannu joriy yilning 22 yanvar kuni Kaliforniya shtatining Anaxaym shahrida bo‘lib o‘tadigan UFC 270 musobaqasining asosiy jangida fransiyalik sobiq jamoadoshi Siril Ganga qarshi ilk marta o‘z kamarini himoya qiladi.
Ma’lumot uchun, Ngannu 2021 yilda premera qilingan “Forsaj 9” filmida rol ijro etgan.