Mutaxassis shirinliksevarlarga maslahat berdi 

Salomatlik

image

Shirinliksevarlar shirinliklardan butunlay voz kechishi shart emas. Diyetolog Yelena Solomatina qanday shirinliklar foydali bo‘lishi mumkinligini va qanday qilib shakar miqdori kam bo‘lgan shirinliklarni maksimal zavq bilan iste’mol qilish sirini ma’lum qildi. 

Diyetologga ko‘ra, tabiiy shirinliklar tarkibida kletchatkalar bor, ular shakar so‘rilishini to‘xtatadi. U zefir, qiyom, marmelad yoki murabbo kabi shirinliklarni tanlashni maslahat bergan. 

“Tabiiy mahsulotlar tarkibida kletchatkalar bor va u shakar so‘rilishini to‘xtatadi, yog‘ hosil bo‘lishiga mas’ul bo‘lgan insulin kamroq chiqariladi. Siz marmelad, zefir, qiyom, har xil uyda tayyorlangan murabbolarini yeyishingiz mumkin”, degan Solomatina. 

Biroq, u murabbo kabi uyda tayyorlangan qandolat mahsulotlarida oddiy shakar o‘rniga fruktoza ishlatmaslik haqida ogohlantirgan. 

Solomatina psixologik bezovtaliksiz shirinliklarni iste’mol qilishni qanday cheklash kerakligini aytgan. Unga ko‘ra, buning siri juda oddiy: ta’mni to‘g‘ri tatib ko‘rish uchun og‘izda mahsulotni uzoq vaqt ushlab turish kerak. 

“Og‘zingizga ozgina shirinlik, masalan, bir bo‘lak shokolad soling va uni retseptorlarga tegib turishi uchun iloji boricha uzoqroq saqlang. Bizning oshqozonimizda retseptorlar yo‘q, shuning uchun og‘izda biror narsani uzoqroq ushlab turamiz. retseptorlar qanchalik “g‘azablansa”, biz shunchalik zavqlanamiz”, deya tushuntirgan u.


Maqola muallifi

Teglar

shirinlik

Baholaganlar

156

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing