Mutaxassis koronavirus pandemiyasi qachon tugashi mumkinligini aytdi

Salomatlik

image

Koronavirus pandemiyasi immunitet qatlami 70-80 foizga yetganda to‘xtaydi. Bu haqda immunolog va xavfli infeksiyalar bo‘yicha mutaxassis Vladislav Jemchugov ma’lumot bergan. 

“Immunitet qatlami 60 foiz va undan yuqori darajaga yetganida pandemiya sekinlasha boshlaydi. 70-80 foizga yetganida esa to‘xtaydi. Shuning uchun, hozirda koronavirusga qarshi ko‘rilayotgan choralardan pandemiyani to‘xtashini kutishimiz kerakmas. Menimcha, biz pandemiya sekinlashishini kutishimiz to‘g‘riroq bo‘ladi. Aslida esa kutayotganimiz ayni paytda sodir bo‘lmoqda", degan mutaxassis. 

O‘lim sonining ko‘payishi haqida gapirarkan, Jemchugov bu aniqlangan koronavirus holatlari soniga mutanosibligini hisoblashdan ma’lum bo‘lishini aytgan. Shuningdek, o‘tkazilgan testlar sonini ham hisobga olish kerakligini qo‘shimcha qilgan.

"Sog‘liqni saqlash tizimi mukammal yoki yo‘qligini kuzatilayotgan o‘lim sonlaridan bilish mumkin. Agar o‘lim soni ko‘payib ketsa, demak, qayerdadir, nimadir yetishmayapti", deya xulosa qilgan immunolog.

Ma’lumot uchun, dunyoda koronavirus yuqtirib olganlar 45 milliondan oshgan. 1 milliondan ko‘p bemor virus qurboni bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus pandemiya

Baholaganlar

1059

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing