Mutaxassis: Koronavirus fevral oyida avjiga chiqadi
Olam
−
11 fevral 2020
9949Xitoyda koronavirus epidemiyasi fevral oyida avjiga chiqishi mumkin. Shundan so‘ng u mo‘’tadillashadi va pasayishni boshlaydi. Bu haqda Xitoy hukumatining epidemik tibbiy maslahatchisi Chjun Nanshan xabar bermoqda.
Chjun Nanshan yetakchi epidemiolog bo‘lib, SARS epidemiyasiga qarshi kurashishdagi roli uchun dunyoga mashhur bo‘lgan edi. U Reuters axborot agentligiga intervyu berar ekan, Xitoydagi ayrim provinsiyalarda vaziyat yaxshilanayotgani, kasalikka chalinish holatlari kamayotgani haqida gapirib o‘tdi.
“Taxminimizcha, fevral oyining o‘rtalari yoki so‘ngida virus eng avjiga chiqqan payt bo‘ladi. Shundan so‘ng ma’lum bir davr u turg‘un bo‘lib turadi. Keyin uning pasayishini kuzatish mumkin...”, dedi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Uxanda xavf-xatarning oldini olish choralarini kuchaytirish zarur va u yerda yovvoyi hayvonlar savdosiga mutlaq taqiq qo‘yishi kerak.
Bundan tashqari, kasalliklarni nazorat qilish mexanizmlarini takomillashtirish zarur. Bu yuqumli kasalliklarning erta profilaktikasi bo‘yicha global tizimni yaratishga yordam beradi.
LiveBarchasi