Musulmonlarni Ramazon bilan tabriklagan Bayden G‘azodan so‘z ochdi 

Olam

image

AQSH Prezidenti musulmonlarni Ramazon oyi boshlanishi bilan tabriklab, G‘azo bilan almashish kelishuvi doirasida 6 hafta davomida sulh o‘rnatish uchun tinimsiz ishlashga va’da berdi.

Shuningdek, AQSH yetakchisi urush oqibatida 2 millionga yaqin falastinlik uylarini tashlab ketishga majbur bo‘lgani va ular oziq-ovqat, suv, dori-darmon va boshpanaga juda muhtoj ekanini qayd etgan.

“G‘azodagi urush Falastin xalqiga dahshatli azob-uqubatlar keltirdi. 30 mingdan ortiq falastinlik halok bo‘ldi, ularning aksariyati tinch aholi, jumladan, minglab bolalar", deydi Amerika rahbari.

Davlat rahbari Qo‘shma Shtatlar G‘azo sohilida vaqtinchalik port yaratish choralarini ko‘rganini va Falastin anklaviga havo, quruqlik va dengiz orqali yordam yetkazishga harakat qilishini eslatdi.

Unga ko‘ra, Isroil-Falastin mojarosining doimiy yechimi ikki xalq uchun ikki davlat tashkil etilishi bo‘ladi.

"Qo‘shma Shtatlarda islomofobiyaga mutlaqo o‘rin yo‘q, diniy erkinlik asosida qurilgan va muhojirlar, jumladan, musulmon immigrantlar hissasi asosida qurilgan mamlakat", deydi Bayden.

Baydenning qo‘shimcha qilishicha, Vashington Islomofobiyaga qarshi kurash bo‘yicha birinchi Milliy strategiyani ishlab chiqmoqda.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq ham Bayden G‘azo porti xavfsizligini ta’minlash Isroilga topshirilishini aytib chiqqan edi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh urush Isroil Bayden G'azo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing