Musulmonlar uchun uchinchi muqaddas joy – Al-Aqso uch haftaga yopilyapti
Olam
−
16 sentabr 2020 12217 1 daqiqa
Musulmonlar uchun uchinchi eng muqaddas joy sanalgan Sharqiy Quddusdagi Al-Aqso masjidi yangi turdagi koronavirus infeksiyasini yuqtirish hollari ko‘paygani sababli uch hafta davomida yopiq bo‘ladi.
Tegishli qaror Iordaniya Vaqf ishlari vazirligi huzuridagi Quddus Islomiy vaqflari idorasi tomonidan qabul qilingan.
Quddusdagi Islomiy Vaqflar idorasi vakili Xatem Abdulqodirning qayd etishicha, ushbu qaror 18 sentyabr, juma namozidan keyin kuchga kiradi. Qaror tibbiyot muassasalari va ekspertlarning tavsiyalari asosida qabul qilingan.
Ma’lum qilinishicha, 18 sentyabrdan keyingi uch hafta ichida ziyoratgoh faqat Departament xodimlari uchun ochiq bo‘ladi.
Ziyoratgohda azon odatdagi tartibda yangraydi. Faqat namozda masjid xodimlari qatnashadilar.
Masjid pandemiya munosabat bilan joriy yilning 22 mart kuni yopilib, may oyining oxirlarida ochilgan edi.
Live
BarchasiPutin To‘qayev bilan ham telefonlashdi
21 sentabr
Qashqadaryoda 2300 yillik ossuariy topildi
21 sentabr