Musulmonlar idorasi Ramazon hayiti bo‘yicha bayonot berdi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

O‘zbekiston musulmonlar idorasi Ramazon hayitining birinchi kuni — Shavvol hilolini kuzatish bo‘yicha xabarnoma e’lon qildi.

Unga ko‘ra, idorada Ramazon oyi va hayitini munosib kutib olish, Islom dini tartib-qoidalari asosida yangi oyni kuzatish bo‘yicha taniqli ulamolar va malakali mutaxassislardan iborat ishchi guruh tuzilgan.

Mazkur ishchi guruh Ramazon hayitining birinchi kuni — Shavvol hilolini astronomik tahlillar hamda xorijiy davlatlardagi mutaxassislar bilan hamkorlik asosida kuzatib bormoqda.

Ushbu ishchi guruh kuzatish natijalarini O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashiga taqdim etadi.

Ramazon hayitining birinchi kuni haqidagi ma’lumotlar Ulamolar Kengashi tomonidan ko‘rib chiqiladi va tegishli xulosalar qabul qilinadi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda Ramazon oyi 2 aprelda boshlandi va 1 maygacha davom etadi. Oy ko‘rinishida o‘zgarish bo‘lmasa, Ramazon hayitining birinchi kuni 2 mayga to‘g‘ri keladi.


Maqola muallifi

Teglar

Musulmonlar idorasi Ramazon

Baholaganlar

2242

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing