Mustaqillik kuniga bag‘ishlab zargarlik buyumlari ishlab chiqarildi
Olam
−
18 Sentabr 2019
6006Turkmanistonning Turkmanobod shahrida joylashgan " TurkmenAltyn" (Turkman oltinlari) fabrikasi Mustaqillik kuniga bag‘ishlangan zargarlik buyumlarining yangi modellarini chiqardi. Bu haqda "Xronika Turkmenistana" xabar bermoqda.
Nashrning ta’kidlashicha, zargarlik buyumlarining dizayni xaridorlarning xohish-istaklarini inobatga olgan holda ishlab chiqilgan.
Mazkur zavod yil boshidan buyon 5,5 million manatlik 50 ga yaqin oltin va kumush buyumlar ishlab chiqargan.
Ma’lumot uchun, Turkmaniston o‘z mustaqilligini 1991 yil 27 oktyabr kuni e’lon qilgan. Bayramning asosiy tantanalari 2001 yilda Ashxobodda Turkmaniston mustaqilligiga bag‘ishlab barpo etilgan yodgorlik yonidagi maydonda o‘tkaziladi.
LiveBarchasi