Musobaqa payti amerikalik tennischining raketkasi o‘g‘irlab ketildi
Sport
−
16:49 1001 1 daqiqa
“Rolan Garros” turniri vaqtida amerikalik tennischi Frensis Tiafoning raketkasi o‘g‘irlab ketildi. Bu haqda ATP reytingida 22-o‘rinni egallab turgan tennischi ijtimoiy tarmoqlar orqali ma’lum qildi.
“Bugun 14-kortda ajoyib muhit hukm surdi. Ammo men g‘alabamni nishonlayotgan paytda raketkamni olib ketgan muxlisga bir og‘iz so‘z aytmoqchiman. Iltimos, uni qaytarib bering. Keyingi o‘yinim uchun ikkita chipta bilan sizga minnatdorlik bildiraman”, deb yozdi Tiafo.
Hodisa ikkinchi bosqich uchrashuvidan so‘ng sodir bo‘lgan. Unda amerikalik tennischi polyak sportchisi Xubert Xurkachni 6/7, 7/6, 6/4, 6/7, 6/4 hisobida mag‘lub etgan edi.
Xurkachga qarshi bahs to‘rt soatdan ortiq davom etdi. Ushbu g‘alaba Tiafoga 2023 yildan beri ilk bor Fransiya ochiq chempionatining uchinchi bosqichiga chiqish imkonini berdi. Endi uning keyingi raqibi jahon reytingida 115-o‘rinni egallab turgan portugaliyalik Jayme Fariya bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, ikki nafar o‘zbekistonlik tennischi Mariya Timofeyeva va Polina Kudermetova “Rolan Garros” turnirining saralash bahslarida ishtirok etib, musobaqaning asosiy bahslariga yo‘llanma ololmagan edi.
Live
Barchasi