Musiala 4 kun ichida 2 marotaba xushidan ketdi

Sport

image

Kecha, 18 avgust kuni “Bavariya” futbolchisi Jamal Musiala bir hafta ichida ikkinchi o‘yin paytida hushidan ketdi.

Kecha, 18 avgust kuni “Bavariya” o‘rtoqlik uchrashuvida “Xaydenxaym”ni 4:2 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuv vaqtida Musiala yerga yiqildi. Tibbiyot xodimlarining yordami bilan 23 yoshli futbolchi o‘ziga keldi va 69-daqiqada maydonni tark eta oldi.

Joriy yilning 15 avgust kuni esa 23 yoshli yarim himoyachi “Leypsig”ga qarshi 3:1 hisobidagi o‘rtoqlik uchrashuvida issiq havo ta’sirida hushidan ketgan edi.

Ma’lumot uchun, Musiala 2020 yildan buyon “Bavariya” safida to‘p tepib kelmoqda. U myunxenliklar bilan olti marta Germaniya chempioni bo‘lgan, shuningdek, Germaniya Kubogi, UEFA Superkubogi va Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing