“Mushugimni ham olsam maylimi?” Teylor “Yil odami” bo‘lishiga o‘zgacha munosabat bildirdi
Madaniyat-san’at
−
07 dekabr 2023
8596Amerikalik qo‘shiqchi Teylor Svift "Time" jurnali tomonidan "Yil odami" deb topildi. Shundan so‘ng xonanda o‘zining Instagram sahifasida bunga munosabat bildirdi.
Unda xonanda, jurnal e’lon qilgan 3 ta suratni sahifasiga joyladi va har birining ostida o‘z izohini qoldirdi. U qora uzun libos va gitara bilan tasvirlangan suratining ostida nashrga va suratga olishda yordam bergan ijodiy jamoaga minnatdorlik bildirgan.
Shuningdek, boshqa bir foto ostida qo‘shiqchi o‘zining ushbu suratini sahifasiga joylagan yozuvchiga javob yozgan.
"U juda ajoyib uslubga ega. Men uning asarlarini 10 yildan buyon yaxshi ko‘rib o‘qiyman. Agar siz ijodkorni yaqindan tanisangiz, uning yaxshi odamligini bilasiz", deb yozgan Svift.
Postlar orasidagi izohlardan biri ajralib turadi. Unda qo‘shiqchi qora, uzun yengli, tor libosida yelkasida mushugi Benjamin bilan suratga tushgan. 33 yoshli qo‘shiqchi o‘zining ushbu qiziqarli surati ostida hazilomuz izoh qoldirdi:
"Time" jurnalining "Biz sizni "Yil odami" deb topmoqchimiz", degan xushxabariga qo‘shiqchi "Mushugimni ham olsam bo‘ladimi?" deya javob yozgan.
Ma’lumot uchun, Sviftning yana ikkita mushugi bor. Ular Meredit Grey va Oliviya Benson laqabli (2011 va 2014 yillarda asrab olingan) shotland mushuklaridir. Surat qahramoni Benjamin esa 2019 yildan beri Svift bilan birga.
Eslatib o‘tamiz, 6 dekabr kuni amerikalik pop yulduzi Teylor Svift Rossiya Prezidenti Vladimir Putin, Xitoy Raisi Si Szinpin va Buyuk Britaniya Qiroli Charlz III ni ortda qoldirib, «Time» jurnali tomonidan "Yil odami", deb topildi.
LiveBarchasi