Murodjon Ahmadaliyev raqibini nokaut bilan mag‘lub qildi

Sport

image

Professional boksning ikkinchi yarim yengil (-55,34 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan Murodjon Ahmadaliyev (7-0, 6 KO) bugun, 14 sentyabr kuni o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazdi.

WBA kamari uchun majburiy da’vogar bo‘lgan Murodjon Ahmadaliyev Nyu-Yorkda kolumbiyalik Uilner Sotoga qarshi ringga ko‘tarildi va raqibini texnik nokaut bilan mag‘lubiyatga uchratdi.

Murodjon Ahmadaliyev professional boksning ikkinchi yarim yengil (55,3 kg) vazn toifasida qo‘shchempion (WBA va IBF kamarlari sohibi) Daniel Romanga (27-2-1, 10 KO) qargi ringga ko‘tarilishi kerak edi. Ammo Roman jangdan 10 kun yelkasidan olgan jarohati sababli, ringga chiqishdan bosh tortdi. Shu bois Ahmadaliyev Sotoga qarshi ringga ko‘tarildi.

Murodjon Ahmadaliyev jangning to‘rtinchi raundida ustunlikka erisha oldi va tajribali Uilner Sotoni texnik nokautga uchratdi. Jang to‘rtinchi raundning 1:56 soniyasida nihoyasiga yetdi.

Ahmadaliyev g‘alabali seriyasini davom ettirdi. Bu g‘alabalarning oltitasida u raqiblarini nokaut qilgan.

"Umid qilamanki, bugun mening jangim barchaga yoqdi. Men Daniel Romanga qarshi jang uchun ko‘p mashg‘ulot o‘tkazgandim va yagona chempion bo‘lishga tayyorlangandim. Afsuski u jarohat oldi va ringga chiqa olmadi. 

Men ikki oy davomida qattiq mashq qilgandim. Umid qilamanki, jang barchaga manzur bo‘ldi va men bundan keyin ham shunday janglar o‘tkazishni va’da qilaman.

Men jang qilish uchun tug‘ilganman. Men hamisha, bugun ham, ertaga ham, istalgan vaqtda dunyoning istalgan nuqtasida ringga chiqishga tayyorman", deydi jangdan keyin Murodjon Ahmadaliyev.


Maqola muallifi

Teglar

boks Murodjon Ahmadaliev

Baholaganlar

65

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing