Murodjon Ahmadaliyev ikkita chempionlik kamarini qo‘lga kiritdi

Sport

image

Professional boksning ikkinchi yarim yengil (-55,34 kg) vazn toifasida o‘zbekistonlik Murodjon Ahmadaliyev (8-0, 6 KO) ikki yo‘nalishda jahon chempionlik kamarini qo‘lga kiritdi.

Mayamida bo‘lib o‘tgan boks oqshomida Murodjon Ahmadaliyev ikki yo‘nalish chempioni bo‘lib turgan amerikalik Daniel Romangaga (27-3-1, 10 KO) qarshi ringga chiqib, 12 raund natijalariga ko‘ra, g‘olib bo‘ldi. Ikki hakam Murodjon Ahmadaliyevning 115-113 hisobidagi g‘alabasini taqdim etgan bo‘lsa, bitta hakam 115-113 hisobida Daniel Roman g‘alabasini e’tirof etdi.

Shu tariqa Murodjon Ahmadaliyev O‘zbekiston tarixida ilk marta bir yo‘la ikkita chempionlik kamarini qo‘lga kiritdi. Professional faoliyatidagi 8 ta jangida 8 ta g‘alabaga erishgan Ahmadaliyev tarixiy rekordni takrorladi. Bungacha faqat Leon Spinks 8 ta jangdayoq chempionlik kamariga ega chiqqan edi.


Maqola muallifi

Teglar

boks Murodjon Ahmadaliev

Baholaganlar

315

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing