Murodjon Ahmadaliyev bo‘ydoqlik bilan xayrlashdi (video)

Sport

image

Bugun, 18 dekabr kuni professional boksning super yengil vazn toifasida IBF va WBA chempionlik kamarlari sohibi Murodjon Ahmadaliyev uylandi. 27 yoshli bokschining to‘yi Toshkent shahrida bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda Bahodir Jalolov Instagram sahifasida ma’lum qildi.

“Baxtli bo‘l, do‘stim. Bayroqni berarsan endi?!” deya yozib qoldirgan Jalolov.

Ahmadaliyev 1994 yil 2 noyabr kuni Namangan viloyatining Chust shahrida tug‘ilgan. Havaskor boksda 2017 yilgi Osiyo chempioni. 2015 yil Qatarning Doha shahrida o‘tgan Jahon chempionatida kumush, Rio-2016 Olimpiadasida bronza medalni qo‘lga kiritgan. “MJ Kaka” o‘zbekistonlik bokschilar orasida birinchi bo‘lib prof boksda ikkita chempionlik kamarini qo‘lga kiritgan (8 ta jang).

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 20 noyabr kuni AQSHning Nyu Gempshir shtati Manchester shahrida joylashgan SNHU arenasida tashkil etilgan professional boks kechasida Murodjon Ahmadaliyev chililik Xose Velaskesga (29-6-2) qarshi ringga ko‘tarilib, o‘z kamarlarini munosib tarzda himoya qilgan edi. Bahs to‘liq davom etgan va yakunda barcha hakamlar 119-109 hisobini qayd etishgan edi. 

Ma’lumot uchun, Ahmadaliyev navbatdagi jangini katta ehtimol bilan WBC va WBO yo‘nalishlari chempioni Stiven Fultonga qarshi Mutlaq Jahon chempionligi uchun o‘tkazadi. 


Maqola muallifi

Teglar

Murodjon Ahmadaliev Prof boks

Baholaganlar

1809

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing