Murodovning UFC’dagi raqibi va jang sanasi ma’lum bo‘ldi

Sport

image

O‘zbekistonlik UFC yarim o‘rta vazn toifasi jangchisi Mahmud Murodovning (25-6) navbatdagi raqibi va jang sanasi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda sportchining o‘zi Instagram sahifasida xabar berdi. 

Murodov 2022 yilning 26 fevral kuni UFC Fight night 203 turniri doirasida Latviya vakili Mixail Sirkunovga qarshi oktagonga ko‘tariladi.

Sirkunov MMA’dagi faoliyati davomida 22 ta bahsda ishtirok etib, 15 ta g‘alaba va 7 ta mag‘lubiyat qayd etgan. Shuningdek, so‘nggi ikkita jangida (Kshishtof Yotko va Rayan Spann) imkoniyatni boy bergan.

Eslatib o‘tamiz, Mahmud Murodov joriy yilning 29 avgust kuni o‘tkazilgan “UFC Vegas 35” turniri doirasida promoushendagi ilk mag‘lubiyatini qabul qilib olgan edi. O‘shanda AQSH vakili Jerald Myorshartga qarshi kechgan reyting jangida Murodov bo‘g‘ish uslubiga tushib qolib, bellashuvni erta yakunlashga majbur bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, ushbu vaznda chempionlik kamari P4P reytingi yetakchisi Kamaru Usmanga (20-1) tegishli.


Maqola muallifi

Teglar

UFC Mahmud Murodov Kamaru Usman Jerald Myorshart Mixail Tsirkunov

Baholaganlar

1548

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing