Murodov UFC'da rekord natija qayd etdi

Sport

image

O‘zbekistonlik MMA'chi Mahmud Murodov UFC'dagi 6-jangida qayd etgan natijasi orqali tashkilot tarixiga kiritildi. Bu haqda promoushen matbuot xizmati xabar berdi.

Murodov joriy yilning 22 iyul kuni amerikalik tajribali sportchi Brayan Barberenaga qarshi kechgan jangda 16 marta teykdaun (raqibini kurash usuli bilan yerga yotqizishga urinish) ga intilgan va shundan 13 tasi muvaffaqiyatli amalga oshirilgan.

Bu natija orqali sportchi o‘z vazn toifasida teykdaun amalga oshirish bo‘yicha yangi rekord natijani qayd etdi. Bunga qadar  eng yuqori ko‘rsatkich Marvin Vettoriga tegishli edi (Kevin Holland bilan jangda 11 ta teykdaun).

Ma’lumot uchun, sobiq UFC chempioni Habib Nurmuhammedov bir jangida amalga oshirilgan eng ko‘p muvaffaqiyatli teykdaunlar soni bo‘yicha yengil vazn toifasida yetakchi hisoblanadi. U A.Truxilyoga qarshi kechgan jangda o‘z hisobiga 21 ta muvaffaqiyatli teykdaunni rasmiylashtirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq London shahrida o‘tkazilgan UFC Fight Night turnirida Mahmud Murodov amerikalik MMA'chi  Brayan Barberanani hakamlarning yakdil qarori bilan mag‘lubiyatga uchratgan edi. Murodov bu orqali 2 ta mag‘lubiyatli seriyasiga nuqta qo‘ydi. Bunga qadar u UFC'da 5 ta jang o‘tkazib, 3 tasida g‘alaba qozongan.


Maqola muallifi

Teglar

UFC Mahmud Murodov Habib Nurmuhammedov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing