Murodov Ro‘ziboyev bilan jang qiladimi?

Sport

image

O‘zbekistonlik UFC jangchisi Mahmud Murodov hamyurti Nursulton Ro‘ziboyev bilan jang qilmaydi. Bu haqda Murodov QALAMPIR.UZ'ga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

“Instagram'da bu bilan bog‘liq har xil videolarni men ham ko‘rib boryapman. U ham men ham UFCʼdamiz. Agar tashkilot menga Ro‘ziboyev bilan jang bersa, men shu zahoti “yo‘q”, deb javob beraman. Bu qarorimdan keyin kimdir meni “Mahmud qo‘rqdi” deb aytishi mumkin, lekin bu shunchaki odamlarning fikri. Men hech kimdan qo‘rqmayman. Vatandoshim bilan jang qilish menga hech narsa bermaydi” deydi Murodov.

Ma’lumot uchun, Nursulton Ro‘ziboyev promoushendagi dastlabki jangini 2 iyul kuni o‘tkazib, braziliyalik Bruno Ferreyrani muddatidan avval mag‘lub etdi. Murodov esa 2018 yildan buyon UFC turnirlarida qatnashib keladi. U tashkilotda 6 ta jang o‘tkazib, 4 ta bahsda g‘alaba qozongan bo‘lsa, 2 ta jangda imkoniyatni boy bergan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Murodov 6 avgust kuni Toshkent shahrida o‘tkazilgan matbuot anjumanida o‘zining keyingi jangi va Murodov professional ligasining (MPL) navbatdagi turniri bilan bog‘liq savollarga javob qaytargandi. Murodov oxirgi jangida amerikalik tajribali Brayan Barberenani mag‘lub etdi. Barberenaga qarshi jangga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida ancha muddat O‘zbekistonda bo‘lmagan sportchi endi e’tiborini Murodov professional ligasining (MPL) tashkiliy ishlariga qaratishini aytib o‘tdi.


Maqola muallifi

Teglar

UFC Nursulton Ro'ziboev Mahmud Murodov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made