Murodov Polshadagi mashg‘ulotlarini yakunladi

Sport

image

O‘zbekistonlik UFC jangchisi Mahmud Murodov Polshadagi mashg‘ulotlarini yakunladi. Bu haqda sportchi o‘z Instagram sahifasida ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, kecha, 14 iyul kuni sportchi MMA ANKOS zalida reja asosida olib borilayotgan tayyorgarlik jarayonlarini yakunlagan. Shuningdek, u qachon Londonga jo‘nab ketishini ham aytib o‘tgan.

“Shunday qilib Polshada bo‘lib o‘tgan o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarimiz yakunlandi. Hammasi reja asosida ketyapti, va o‘zimni yaxshi his qilyapman. Xudo xohlasa seshanbada kuni men jamoam bilan birgalikda Londonga yo‘l olamiz”, deydi Murodov.

Mahmud Murodov 22 iyul kuni Londondagi UFC Fight Night turniri doirasida amerikalik tajribali yakkakurash ustasi Brayan Barberenaga qarshi jang qiladi

Ma’lumot uchun, Murodov faoliyati davomida 33 ta jangda ishtirok etib, ularning 25 tasida g‘alaba qozongan. Shuningdek, u UFC’da 5 ta jang o‘tkazib, 3 tasida g‘alabaga erishgan. Brayan Barberena esa MMA’dagi yurishlari davomida 28 ta jangda ishtirok etib, 18 marotaba raqiblaridan ustun kelgan. Mag‘lubiyatlari soni esa 10 tani tashkil etadi. U UFC’da 17 ta jang o‘tkazib, 8 tasida mag‘lubiyatga uchragan.


Maqola muallifi

Teglar

UFC Mahmud Murodov Brayan Barberena

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing