Koronavirus Oq uyda. AQSH vitse-prezidenti o‘zini o‘zi izolyatsiyaga oldi

Olam

image

AQSH vitse-prezidenti Mayk Pens, uning vakilida COVID- aniqlaganidan so‘ng, o‘zini o‘zi izolyatsiya qilishga majbur bo‘ldi. Bu haqda Bloomberg agentligi uchta manbadan olingan ma’lumotlarga asoslanib, xabar bermoqda.

Manbalardan biriga ko‘ra, Pens kecha, 10 may kuni koronavirusga test topshirgan va uning javobi salbiy chiqqan. Shunday bo‘lishiga qaramay, “u ehtiyotkorlik yuzasidan uyda qolishga qaror qilgan”.

Ma’lum bo‘lishicha, AQSH vitse-prezidenti davlat rahbari Donald Tramp va 9 may shanba kuni bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan yuqori martabali harbiy rahbarlar bilan uchrashuvni o‘tkazib yuborgan.

AQSH koronavirusga chalinganlar hisobi bo‘yicha dunyo mamlakatlari orasida hamon peshqadamlik qilmoqda. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlarda 1 367 638 nafar shaxs infeksiya yuqtirib oldi. 256 336 nafar bemor kasallikdan sog‘aygan bo‘lsa, 80 787 nafari olamdan o‘tdi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus AQShda

Baholaganlar

126

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing