Tadbirkor Murod Nazarov tergovga tortildimi? Bosh prokuratura aniqlik kiritdi

Jamiyat

image

Bundan bir necha kun avval, ijtimoiy tarmoqlarda va odamlar orasida o‘zbekistonlik taniqli tadbirkor, “Murad buildings” qurilish shirkati ta’sischisi Murod Nazarov tergov qilinayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Oradan 10-15 kun o‘tib QALAMPIR.UZ tahririyatiga uning xalq tilida "Toshturma" deb ataluvchi 1-sonli tergov izolyatorida saqlanayotgani bilan bog‘liq xabar bilan murojaatlar kelib tushdi.

Mazkur holatga aniqlik kiritish maqsadida QALAMPIR.UZ muxbiri “Murad buildings” qurilish shirkati ta’sischisi Murod Nazarov bilan bog‘landi. Nazarov tarqalgan mish-mishlardan xabardor ekanini aytarkan, ularni tabassum bilan qabul qilganini urg‘uladi. 

"Odamlarga hayronman. O‘zi biror gapni o‘ylab topadi, yana o‘zi o‘sha gapga ishonadi. Men ishimni davom ettiryapman, ayni vaqtda juda katta loyihalar ustida ishlayapmiz. Men nima ish qilibmanki, tergovga tortilsam. Ayni vaqtda Rossiyadagi Skolkovo biznes maktabida o‘qiyapman. Toshkentda ishimiz ko‘p, juda katta loyiha ustida ishlayapmiz", deydi Murod Nazarov. 

Mazkur holatga rasmiy aniqlik kiritish maqsadida QALAMPIR.UZ O‘zbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasi bilan bog‘landi. Bosh prokuratura Matbuot xizmati rahbari Surayyo Rahmonovaning ma’lum qilishicha, hozirda Bosh prokuraturada Murod Nazarov va “Murad buildings” shirkatiga nisbatan jinoiy ta’qib mavjud emas.


Maqola muallifi

Teglar

Bosh prokuratura Murod Nazarov

Baholaganlar

423

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing