Murat Kamalov lavozimidan ozod etildimi?
Jamiyat
−
04 iyul 2022
32298Ijtimoiy tarmoqlarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kenesi Raisi Murat Qallibekovich Kamalov lavozimini tark etgani haqida xabarlar tarqalmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Adminstratsiyasiga yaqin manba – “Nigoh” kanaliga ko‘ra, bu xabar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.
Ma’lumot uchun, Murat Kamalov 1955 yilda Nukus shahrida tug‘ilgan. Oliy ma’lumotga ega huquqshunos sifatida ko‘p yillar mas’uliyatli lavozimlarda faoliyat yuritgan.
2020 yil sentyabr oyida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining deputati etib, 2 oktyabr kuni Jo‘qorg‘i Kengesning navbatdan tashqari sakkizinchi sessiyasida Jo‘qorg‘i Kenges Raisi etib saylangan.
Shu yilning 21 oktyabr kuni esa qonun talablariga muvofiq yashirin ovoz berish orqali 72 ta ovoz bilan senator Murat Qallibekovich Kamalov O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi o‘rinbosari etib saylangan.
Faoliyati davomida Toshkent shahridagi “Huquqiy biznes va konsalting agentligi” advokatlik byurosi maslahatchisi, Davlat xavfsizlik xizmati Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi boshlig‘i, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Orolbo‘yi xalqaro innovatsiya markazi direktori, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Falsafa va huquq institutining kichik ilmiy xodimi lavozimlarda ishlagan.
LiveBarchasi