Murat Kamalov Senat Raisi o‘rinbosari etib saylandi
Jamiyat
−
21 Oktabr 2020
7360Bugun, 21 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining sakkizinchi yalpi majlisi o‘z ishini boshladi.
Yalpi majlisda dastlab O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi o‘rinbosarini saylash to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi.
Ma’lumki, Senat Raisi o‘rinbosarlaridan biri Qoraqalpog‘iston Respublikasi vakili bo‘lishiga oid konstitutsion norma mavjud. Shu bois, senator Murat Kallibekovich Kamalovni Senat Raisi o‘rinbosari lavozimiga saylash to‘g‘risida taklif, Prezident tomonidan taqdimnoma kiritilgan.
Murat Kamalov 1955 yilda Nukus shahrida tug‘ilgan. Oliy ma’lumotga ega huquqshunos sifatida ko‘p yillar mas’uliyatli lavozimlarda faoliyat yuritgan.
Joriy yil sentyabr oyida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining deputati etib, 2 oktyabr kuni Jo‘qorg‘i Kengesning navbatdan tashqari sakkizinchi sessiyasida Jo‘qorg‘i Kenges Raisi etib saylangan.
Qonun talablariga muvofiq yashirin ovoz berish orqali 72 ta ovoz bilan senator Murat Kallibekovich Kamalov O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi o‘rinbosari etib saylandi.
Avvalroq, Boriy Alixonov va Narimon Umarov Senat a’zoligiga tayinlangani haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi