O‘qituvchilarga o‘t choptirgan direktor 11 mln so‘m to‘laydigan bo‘ldi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro viloyatining Peshko‘ tumanida joylashgan sport maktabi o‘qituvchilari majburiy mehnatga jalb etilgani, ular ketmon ushlab, stadiondagi qurigan o‘tlarni tozalayotgani aks etgan suratlar paydo bo‘ldi. Shundan so‘ng, Buxoro viloyati Peshko‘ tumanida joylashgan Bolalar va o‘smirlar sport maktabida Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o‘rganish o‘tkazildi. Bu haqda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, 2020 yil 17 iyun kuni Peshko‘ tuman Bolalar va o‘smirlar sport maktabi direktori topshirig‘iga asosan Telegram’dagi guruhni yuritishga mas’ul bo‘lgan xodim tomonidan murabbiylarga 2020 yil 18 iyun kuni, soat 08:00 da maktabda shanbalik bo‘lishi, unga barcha yetib kelishi bildirilgan.

Mazkur xabarga asosan, maktabning 43 nafar sport murabbiyi 2020 yil 18 iyun kuni obodonlashtirish ishlariga jalb qiliningan. 

Ma’lum qilinishicha, Bolalar va o‘smirlar sport maktabi direktoriga O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 51-moddasi 1-qismiga ko‘ra 11 mln 150 ming so‘m miqdorida ma’muriy jarima qo‘llanilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Peshko'

Baholaganlar

180

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing