Buxoro viloyatida yana bir tuman hokimi o‘zgardi
Jamiyat
−
03 dekabr 2020
6324Avvalroq, xalq deputatlari Peshko‘ tumani hokimi Amrillo Nazarov Buxoro viloyati hokimining o‘rinbosari etib tayinlangani haqida xabar bergan edik.
Xalq deputatlari Peshko‘ tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Vahob Qahhorov tuman hokimi etib tasdiqlandi.
Vahob Qahhorov bugungacha Savdo-sanoat palatasi viloyat hududiy boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.
Eslatib o‘tamiz, Peshko‘dan avval Buxoro va Jondor tumanlarida ham hokimlar o‘zgargandi.