Muxolifat vakili Svetlana Aleksiyevich Belarusni tark etdi
Olam
−
28 Sentabr 2020
4314Nobel mukofoti laureati, Belarus Muxolifati Muvofiqlashtirish kengashi Rayosati a’zosi Svetlana Aleksiyevich bugun, 28 sentyabr kuni mamlakatni tark etdi. Bu haqda tut.by xabar berdi.
“Svetlana Aleksiyevich dushanba kuni erta tongdan Germaniyaga uchib ketdi. Ammo uning ketishi Muvofiqlashtirish kengashiga nisbatan ochilgan jinoyat ishiga aloqador emas”, degan yozuvchining yordamchisi Tatyana Tyurina.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Aleksiyevich shaxsiy va ijodiy ishlaribilan ketdi. U uchrashuv va Shvetsiyada kitob yarmarkasida ishtirok etishi rejalashtirilgan. Ammo Nobel laureatining qaytishi Belarusdagi vaziyatning rivojlanishiga bog‘liq bo‘ladi.
“Nega Svetlana Aleksandrovga o‘z mamlakatidan butunlay ketishi kerak? Bundan emas, u shaxsiy ishlari bilan ketdi. Uning uchrashuvlari bor, Shvetsiyada kitob yarmarkasi rejalashtirilgan va Sitsiliyada unga mukofot topshiriladi. U o‘zining shaxsiy ijodiy ishlari bilan ketdi. Bu uning odatiy hayoti, biroq uzoq vaqt o‘zini yomon his qilgani uchun keta olmagandi. Qachon qaytadi? Hammasi bu yerda vaziyat qanday rivojlanishi va o‘zining his qilishiga bog‘liq”, degan Tyurin.
Belarus Davlat chegara qo‘mitasi Svetlana Aleksiyeviy mamlakatdan ketganini rad ham etmagan, tasdiqlamagan ham.
Ma’lumot uchun, bundan avval Belarus muxolifatining yetakchilaridan biri, mamlakat prezidentligiga sobiq nomzod Svetlana Tixanovskaya Litvaga ko‘chib o‘tgandi. Bundan tashqari, boshqa muxolifat vakillari Ukrainaga ko‘chib o‘tdi. Muvofiqlashtirish kengashi rayosati a’zolaridan biri Mariya Kolesnikova esa hibsga olingandi.
LiveBarchasi