Muxlislar Liviya Bosh vaziri ofisini yoqib yubordi (video)

Sport

image

Liviya poytaxti Tripolida futbol o‘yinidan keyin boshlangan tartibsizliklar davomida mamlakat Bosh vaziri Abdel Xamid ad-Dbeybaning ofisiga o‘t qo‘yildi. Bu haqda “Xinhua” xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, “Tarxuna” stadionida bo‘lib o‘tgan “Al-Ittihod” va “Al-Suvaydi” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv vaqtida mojaro yuzaga kelgan. Hakamning penalti belgilashdan bosh tortgani ayrim futbolchilar va muxlislarning noroziligiga sabab bo‘lgan.

Shundan so‘ng g‘azablangan muxlislar maydonga yugurib chiqib, tartibsizliklar boshlangan. Stadion yaqinida turgan bir nechta avtomobil yoqib yuborilgan.

Xabarlarga ko‘ra, Liviya qurolli kuchlari olomonni tarqatish uchun haqiqiy o‘q-dorilardan foydalangan. Oqibatda bir nafar harbiy halok bo‘lgan, yana 7 kishi jarohat olgan.

Keyinchalik tartibsizliklar poytaxtning bir necha hududlariga tarqalgan. Namoyishchilar bosh vazir ofisining bir qismini yoqib yuborgani haqida ham ma’lum qilingan.

Liviya rasmiylari esa, hozircha ushbu vaziyat yuzasidan rasmiy bayonot bermagan.


Maqola muallifi

Teglar

Liviya “Al-Ittihod” “Al-Suvaydi”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing