Muxlislar Ispaniya kubogida “El klasiko” guvohi bo‘ladi
Sport
−
03 Aprel 2025 6028 1 daqiqa
3 aprelga o‘tar kechasi Ispaniya Kubogi yarim finalida “Barselona” Madridda “Atletiko” mehmoni bo‘ldi va 1:0 hisobida g‘alaba qozonib, finalga yo‘l oldi.
O‘yinning 27-daqiqasida “Barselona” hujumchisi Ferran Torres hisobni ochdi va bu gol uchrashuv yakuniga qadar yagonaligini saqlanib qoldi. Shu tariqa, ikki o‘yin natijasiga ko‘ra, 5:4 hisobida g‘alaba qozongan “Barselona” Ispaniya kubogi finalida yana bir Madrid klubi “Real”ga qarshi maydonga tushadi.
Ma’lumot o‘rnida, “Barselona”-“Real Madrid” o‘rtasidagi Ispaniya kubogi final o‘yini 26 aprel kuni bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, “Real” yarim finalda “Real Sosedad”ni mag‘lub etib, yakuniy bosqichga yo‘l olgandi.
Live
BarchasiOhangaronda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi
22 Oktyabr
Avstraliyada kuchli yomg‘ir yog‘di
22 Oktyabr
Gretsiyada ham talabalar namoyish boshladi
22 Oktyabr