Muxlislar 10 kun “Humo”dagi boks janglarini tekinga tomosha qiladi 

Sport

image

Bugun, 1 may kuni Toshkent shahrida kattalar o‘rtasida boks bo‘yicha Jahon chempionati bahslari start oladi. Xabaringiz bor, bahslarga poytaxtdagi “Humo” arena mezbonlik qiladi.

Dastavval arenaga kirish pulli etib belgilangandi, biroq bugun Jahon chempionati tashkiliy qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, 1-10 may kunlari musobaqa janglarini tomosha qilish uchun "Humo"ga kirish bepul qilib qo‘yildi. Musobaqaning oxirgi 4 kunidagi bahslarni esa ishqibozlar maxsus platforma orqali chipta xarid qilib tomosha qilishi mumkin bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, Toshkent mundiali 14 kun davom etadi. Turnirda 104 davlatdan 640 bokschi 13 vaznda 52 ta medal uchun jang qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Jahon chempionati “Humo”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing