Muxlis Konorning boshiga spirtli ichimlik idishini uloqtirdi (video)

Sport

image
0:00
0:00
download

Ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Konor Makgregor Irlandiyada bo‘lib o‘tgan boks oqshomida tomoshabin sifatida ishtirok etdi. Ijtimoiy tarmoqlarda noma’lum erkak uning boshiga spirtli ichimlik idishini uloqtirgani aks etgan video tarqaldi.

Qayd etilishicha, hodisa shu yilning 20 may kuni irlandiyalik Keti Teylor va britaniyalik Shantel Kameron o‘rtasidagi jang vaqtida sodir bo‘lgan.

O‘sha kuni Konorning vatandoshi, boks bo‘yicha yengil vaznda mutlaq jahon chempioni irlandiyalik Keti Teylor britaniyalik raqibasi Shantel Kameronga o‘ziga tegishli bo‘lgan WBC, IBO, WBO, IBF, WBA va The Ring kamarlarini boy berib qo‘ydi.

34 yoshli Makgregor 2021 yilning iyul oyidan beri oktagonga chiqmadi, u oxirgi marta UFC 264 musobaqasining birinchi raundida Dastin Porega texnik nokaut bilan yutqazib qo‘ygandi. Konorning hisobida 22 g‘alaba va 6 mag‘lubiyat bor.


Maqola muallifi

Teglar

UFC Konor Makgregor

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing