Muqaddas Ka’ba tavof uchun ochildi (video)
Olam
−
27 mart 2020
14786Dunyoning yarmidan ko‘pini egallab olgan koronavirus infeksiyasi sabab Islom olamidagi eng muqaddas va doim odamlar bilan gavjum bo‘lib kelgan Ka’ba maydoni bo‘sh qolgani, maydon karantin sabab yopilgani haqida xabar bergan edik.
Va nihoyat Saudiya Arabistoni Podshohligi Ka’bani ochishga ruxsat berdi. Muqaddas Ka’ba atrofida yana tavof qilish boshlandi.
Xabaringiz bor, joriy yilning 27 fevralidan e’tiboran Saudiya Arabistoni yangi koronavirus tarqalishining oldini olish uchun qator cheklovlar joriy qilgandi. Xususan, hukumat musulmonlar uchun Umra ziyoratini amalga oshirish va Madinada Nabaviy Masjidini ziyorat qilishni vaqtincha to‘xtatib qo‘ygan edi.
Bu orada doim odamlar bilan gavjum bo‘lgan Makka shahridagi Masjid al-Haram masjidi, jumladan Ka’ba atrofi tozalash va dorilash ishlari sabab bo‘sh qolgandi.
LiveBarchasi
Medvedev Xitoyga bordi.
10:15