Mo‘g‘ulistonning yangi Bosh vaziri 4 oy ichida iste’fo berdi
Olam
−
17 Oktabr 2100 1 daqiqa
Mo‘g‘uliston Bosh vaziri Gombojavin Zandanshatar iste’fo berdi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi. .
Zandanshatar mamlakatning oxirgi bosh vaziri sifatida parlament tomonidan tasdiqlangan edi. U bu lavozimda 2025 yil iyun oyidan beri ishlab kelayotgan edi.
Undan oldingi hukumat rahbari Luvsannamsray Oyun-Erdene korrupsiya ayblovlari va ko‘cha namoyishlari ortidan parlament qo‘llab-quvvatlovini yo‘qotib, iste’fo bergan.
Zandanshatara Qishloq xo‘jaligi bankida xorijiy valyuta boshqarmasi rahbari, kreditlash va pul-kredit siyosati bo‘limi boshlig‘i, Mo‘g‘uliston Bankida kadrlar tayyorlash bo‘yicha menejer, Xan banki direktori o‘rinbosari, Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari, Davlat Buyuk Xurali deputati, Mo‘g‘uliston tashqi ishlar va savdo vaziri, Mo‘g‘uliston Davlat Buyuk Xurali raisi savozimlarida ishlagan.
2025 yil 12 iyunda Davlat Buyuk Xurali Gombojavin Zandanshatarani Bosh vazir etib sayladi. U 126 nafar deputatdan 108 ovoz olgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 9 sentyabr kuni lavozimga kirishgan Fransiya Bosh vaziri Sebasten Lekornyu 27 kundan so‘ng iste’foga chiqish haqida ariza bergandi. 10 oktyabr kuni kechqurun Prezident Emmanuel Makron uni ushbu lavozimga qayta tayinladi.
Live
Barchasi