Mo‘g‘ulistonda kuchli portlash oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi (video)

Olam

image

Mo‘g‘ulistonda portlash oqibatida uch nafar qutqaruvchi va uch fuqaro halok bo‘ldi. Bu haqda “Middleasiannews” xabar berdi.

Bugun, 24 yanvar kuni soat 01:00 atrofida poytaxtdagi yirik “Narantuul” va “Dunjingarav” bozorlaridan uncha uzoq bo‘lmagan turarjoy massividagi trassada fojia yuz berdi.

Qayd etilishicha, 60 tonnalik gaz tashuvchisi portlab ketgan. Hodisaning dastlabki sababi gaz tashuvchi va boshqa avtomobilning to‘qnashuvi bo‘lgan.

207 nafar aholiga sog‘liqni saqlash muassasalarida xizmat ko‘rsatilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 62 xonadondan 178 nafar fuqaroga moddiy va jismoniy zarar yetgan. 30 dan ortiq mashina yonib ketgan.

Portlash oqibatida 40 metr masofadan tashlangan konteyner urilib, 63-bo‘linmaning 3 nafar qutqaruvchisi halok bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Mo'g'uliston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing