Mo‘g‘uliston Prezidenti O‘zbekistonga keldi

Jamiyat

image

Bugun, 23 iyun kuni Mo‘g‘uliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan O‘zbekistonga keldi. Bu haqda Bosh vazir matbuot kotibi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Mo‘g‘uliston rahbari va uning rafiqasi Luvsandorj Bolorsetsegni Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib olgan. Qisqa suhbatdan so‘ng, Mo‘g‘uliston Prezidenti va uning turmush o‘rtog‘i tashrif dasturidan o‘rin olgan navbatdagi manzilga jo‘nab ketgan.

Ikki mamlakat kun tartibidan konstruktiv siyosiy muloqot va parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish, ikki tomonlama tovar ayirboshlash hajmini oshirish, tog‘-kon sanoati, qishloq xo‘jaligi, chorvachilik, yengil sanoat, sog‘liqni saqlash, transport, logistika va boshqa yo‘nalishlarda kooperatsiya loyihalarini amalga oshirish rejalari o‘rin olgan. Sammit yakunlari bo‘yicha hukumatlararo va idoralararo hujjatlar to‘plamini qabul qilish ko‘zda tutilgan. 

Bundan tashqari, Mo‘g‘uliston Prezidenti Xiva shahriga ham tashrif buyurib, O‘zbekistonning boy madaniy-tarixiy merosi bilan tanishadi. 

Ma’lumot uchun, Uxnaagiyn Xurelsux 2022 yilning sentyabr oyida Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining 22-majlisida qatnashish uchun Samarqand shahriga kelgan. Xurelsux 23-26 iyun kunlari davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Abdulla Aripov Uxnaagiyn Xurelsux Mo'g'uliston Prezidenti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing