Mo‘g‘uliston Prezidenti Samarqandga yetib keldi

Jamiyat

image

Bugun, 14 sentyabr kuni Mo‘g‘uliston Prezidenti Uxnagiyn Xurelsux Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining 22-majlisida qatnashish uchun Samarqand shahriga yetib keldi.

Samarqand xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov kutib oldi.

Ayni kunlarda Samarqand ulkan siyosiy voqealar taraddudida. Ertadan oliy darajadagi tashriflar boshlanadi. 15-16 sentyabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining 22-majlisi bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

Mo'g'uliston ShXT

Baholaganlar

296

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing