Mo‘g‘uliston maktablarida rus tili o‘rnini ingliz tili egallaydi
Olam
−
17 avgust
3779Yangi o‘quv yilidan Mo‘g‘ulistonning ko‘plab maktablarida asosiy xorijiy til sifatida rus tili o‘rnini ingliz tili egallaydi. Bu haqda mamlakat ta’lim vaziri Purevsurengiyn Naranbayar ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, o‘quvchilarga ingliz tilini o‘qitish uchinchi sinfdan boshlanadi. Yangi o‘quv yilida Pearson English dasturi onlayn va kunduzgi ta’lim shaklida 100 ta maktabda sinov tariqasida ishga tushiriladi.
Mo‘g‘uliston chet tili o‘qituvchilarini xorijdagi maktablarda – Filippindagi magistraturada o‘qitishni rejalamoqda.
Ma’lumot uchun, aksariyat Mo‘g‘uliston maktablarida rus tili o‘qitilishi mumkin bo‘lgan yagona xorijiy til bo‘lgan. 2023 yilda mamlakat parlamenti Mo‘g‘uliston maktablarida ingliz tilini asosiy xorijiy tilga aylantirishga oid qonunni qabul qilgandi.
LiveBarchasi