Muftiy Usmonxon Alimov Nur-Sulton shahridagi xalqaro anjumanda nutq so‘zladi

Jamiyat

image

Kecha, 11 aprel kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov Qozog‘istonning Nur-Sulton shahrida bo‘lib o‘tayotgan “Ma’naviy ipak yo‘li: Islom va yoshlar: zamonaviy tahdidlar” nomli anjumanda ishtirok etib, nutq so‘zladi. 

Muftiy o‘z ma’ruzasida musulmon ummatining kelajagi yoshlar tarbiyasiga bog‘liq ekani, ta’lim-tarbiyaga katta ahamiyat qaratgan millatning ertasi faravon bo‘lishi, lekin hozir yoshlar orasida jinoyatchilik keng tarqalayotgani, axloqiy tubanlashish ortib borayotgani va yoshlarning odob-axloq me’yorlaridan uzoqlashishi oqibatida juda xatarli illatlar kelib chiqayotganiga alohida urg‘u qaratgan.

Alimov ushbu muammolarning tub negizida esa yoshlarning diniy-axloqiy tarbiyadan uzoqligi yotishi, shuning uchun ham, din peshvolari yoshlarni axloqiy qadriyatlar va mustahkam e’tiqod bilan oziqlantirish orqali ularni mana shunday tahdidlar domidan saqlab qolish zarurligini ta’kidlagan. 

Shuningdek, u Islom hamjamiyati oldida turgan eng katta va dolzarb vazifalardan biri yosh avlodga har tomonlama diniy va dunyoviy bilimlar berish, shu bilan bir qatorda sof Islom axloqi bilan tarbiyalash muhimligini bayon qilgan.

Nur-Sulton shahridagi anjuman davom etmoqda.
 


Maqola muallifi

Teglar

Usmonxon Alimov

Baholaganlar

21

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing