Mudofaa vazirligida yangi tayinlov amalga oshirildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vazirining buyrug‘i bilan Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonining moddiy-ta’minot bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida xizmat qilib kelgan podpolkovnik Bahodir Mamirjonovich Rajapov Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonining moddiy ta’minot bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Bahodir Rajapov 2001 yilda oldingi Samarqand oliy harbiy avtomobil qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurtini tamomlagan. Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonining moddiy-ta’minot bo‘yicha o‘rinbosari lavozimini 2018 yilning fevral oyidan beri egallab kelgan. Xizmati davomida qo‘shinlarda qo‘mondonlik lavozimlarida xizmat qilgan. 

Ta’kidlanishicha, Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonining moddiy ta’minot bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi shu vaqtga qadar vakant bo‘lib kelgan.


Maqola muallifi

Teglar

Mudofaa vazirligi tayinlov

Baholaganlar

71

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing