Mudhish YTHda ayol va bola halok bo‘ldi
Jamiyat
−
09 avgust 2019
7502Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi natijasida 44 yoshli ayol va voyaga yetmagan bola halok bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston IIV Matbuot xizmati xabar berdi.
Kecha, 8 avgust kuni soat 18:30 larda Surxondaryo viloyatining Jarqo‘rg‘on tumani Yangiobod mahallasida yashagan 44 yoshli N.B. ismli ayol boshqaruvidagi Spark rusumli avtomashinasini Sherobod tumani Guliston mahallasi hududidan o‘tuvchi “Boysun-Sherobod” yo‘lida haydab ketayotgan vaqtida avtomashinaning old o‘ng tomon g‘ildiragi yorilib ketishi oqibatida boshqaruvni eplay olmay dastlab yo‘lni o‘ng tomonidagi beton to‘siqqa, so‘ngra yo‘lni ikkiga ajratib turuvchi beton to‘siqqa borib urilgan.
Natijada haydovchi jarohat olib voqea joyida vafot etgan. Avtomashinada yo‘lovchi sifatida ketayotgan haydovchining 11 yoshli o‘g‘li va 15 yoshli jiyani J.I. jarohat olib shifoxonaga yotqizilgan, ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay haydovchining 15 yoshli jiyani vafot etgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.