Mudhish YTH: Orlando yuk mashinasi bilan to‘qnashdi. Qurbon va jabrlanuvchilar bor

Jamiyat

photo_2020-07-12_12-31-46

Bugun, 12 iyul kuni Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida yengil avtomobil va yuk mashinasi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Natijada ikki kishi halok bo‘ldi. 

YTH soat 00:20 larda Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani hududidan o‘tuvchi 4R-87 avtomobil yo‘lining 47 kilometrida yuz bergan. Haydovchi 1976 yilda tug‘ilgan Xorazm viloyati Xonqa tumanida yashagan M.M. ishonchnoma orqali Orlando rusumli transport vositasini ikkinchi darajali yo‘ldan boshqarib kelayotib, 2.4. “Yo‘l bering” yo‘l belgisiga va svetoforning taqiqlovchi chirog‘iga amal qilmasdan, asosiy yo‘ldan harakatlanib kelayotgan haydovchi 1979 yilda tug‘ilgan Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida yashovchi, B.Ya. boshqaruvidagi DAF SXF 105 rusumli yuk avtomashinasi yo‘liga chiqib ketgan. 

Natijada, Orlando rusumli transport vositasi haydovchisi M.M. va avtomobil yo‘lovchisi 1983 yilda tug‘ilgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tumanida yashagan T.J. olgan tan jaroxatlari natijasida voqea joyida vafot etgan.

Yo‘lovchilari: Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida  yashovchi, 1992 yilda tug‘ilgan Q.D., Xorazm viloyati Urganch tumanida yashovchilar 1983 yilda tug‘ilgan A.Sh., 1986 yilda tug‘ilgan Q.N., 2010 yilda tug‘ilgan J.Sh., 2013 yilda tug‘ilgan J.N. va 2016 yilda tug‘ilgan J.D. shifoxonaga yotqizilgan.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Qashqadaryo

Baholaganlar

289

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing