Muborak hokimi lavozimidan olindi
Jamiyat
−
18 aprel 2020 13459 1 daqiqa
Qashqadaryo viloyatining Muborak tumani hokimi G‘ayrat Jovliyev egallab turgan lavozimidan ozod qilindi. Bu haqda QALAMPIR.UZ`ga viloyat hokimligi Matbuot kotibi Ahror Sodiqov ma’lum qildi.
Muborak hokimi vazifasini bajarish Sadriddin Xudoyberdiyevich Narziyev zimmasiga yuklatildi.
Sadriddin Narziyev shu vaqtgacha hokimning moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgan edi.
Avvalroq, mahalliy nashrlarda Muborak tumanida karantin vaqtida shifokorlar to‘y o‘tkazgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Live
Barchasi“Boysun do‘ppisi” patentlandi
16 sentabr
Ronald Kumanning ayoli 65 yoshida vafot etdi
16 sentabr