Mubashshir Ahmadning sudi boshlandi
3-sahifa
−
19 avgust 8183 1 daqiqa
Bugun, 19 avgust kuni Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Uchtepa tumani sudida diniy olim va bloger, “Azon Global” axborot-tahliliy portali asoschisi Mubashshir Ahmad (Alisher Tursunov)ga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha sud boshlandi. Bu haqda “Azon Global” portali xabar berdi.
Soat 15:03 da sud majlisi boshlangan.
Qayd etish joiz, Alisher Tursunovga nisbatan Jinoyat kodeksining 244-1-moddasi (jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish) va 244-3-moddasi (diniy mazmundagi materiallarni qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash, olib kirish yoki tarqatish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llangan.
Ma’lumot uchun, joriy yil may oyida Alisher Tursunov Istanbulning Bohchashehir mavzeidagi uyidan gumonlanuvchi sifatida olib ketilgan. Keyinchalik, ijtimoiy tarmoqlarda Tursunov Turkiyadan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilingani haqida xabarlar tarqaldi. Shundan so‘ng, O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi Alisher Tursunovni Turkiyadan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilinganini rasman tasdiqlagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mubashshir Ahmadning advokati Ruslan Sodiqov mijoziga nisbatan ochilgan jinoyat ishi sudga oshirilganini ma’lum qilgandi.
Live
Barchasi