Mubashshir Ahmadning qo‘lga olingani haqida rasmiy ma’lumot berildi

3-sahifa

image

O‘zbekistonning Istanbul Bosh konsulxonasi o‘zbekistonlik diniy olim va bloger – “Azon Global” axborot tahliliy portali asoschisi Mubashshir Ahmad Turkiyada politsiya tomonidan qo‘lga olinganidan 12 kun o‘tib buni tasdiqladi. Bosh konsulxona bu haqdagi tegishli bayonotini bugun, 9 yanvar kuni e’lon qildi.

“Haqiqatdan ham 2023 yilning 28 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, 1974 yilda tug‘ilgan Tursunov Alisher Ahmadovich (taxallusi “Mubashshir Ahmad”) Turkiya politsiyasi tomonidan o‘zi yashab turgan uyidan olib ketilgan va Istanbul viloyati Chatalja tumanida joylashgan Binkilich deportatsiya markaziga joylashtirilgan”, deyiladi xabarda. 

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekistonning Turkiyadagi elchixonasi va Bosh konsulxonasi tomonidan Mubashshir Ahmadga nisbatan tegishli konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatilmoqda. 

Biroq Bosh konsulxona Mubashshir Ahmad nima sababdan deportatsiya markazida ushlab turilgani va unga qanday ayblov qo‘yilgani haqida ma’lumot bermagan.

Eslatib o‘tamiz, 2023 yilning avgust oyida ta’sischisi Mubashshir Ahmad bo‘lgan "Azon.uz" sayti  o‘z faoliyatini to‘xtatgandi.

Ma’lumot uchun, 2020 yilning dekabr oyida o‘zbekistonlik bloger Abdukarim Mirzayev ham Turkiyada hibsga olindi va u yerdan deportatsiya markaziga yuborildi. Unga qo‘yilgan ayblovlar o‘z isbotini topmagach, 2021 yilning 12 yanvar kuni qo‘yib yuborildi.


Maqola muallifi

Teglar

Mubashshir Ahmad

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing