Mubashshir Ahmadning ahvoli haqida ma’lumot berildi

3-sahifa

image

“Azon Global” axborot-tahliliy portali asoschisi, Mubashshir Ahmad taxallusi bilan tanilgan Alisher Tursunov ayni damda Davlat xavfsizlik xizmatining markaziy tergov hibsxonasida saqlanmoqda va uning salomatligi yaxshi. Bu haqda “Azon Global” portali xabar berdi. 

Portalga ko‘ra, bugun, 20 may kuni Alisher Tursunovga ukasi bilan ko‘rishish imkoni berilgan.

Ukasining guvohlik berishicha, Tursunov tergovchi va boshqa mutasaddilarning muomalasidan shikoyat qilmagan.

“Domla o‘zlarini qo‘llab, duolar qilib turgan barcha-barcha insonlardan minnatdor ekanini bildirganlar”, deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, unga nisbatan Jinoyat kodeksining 2441-moddasi (jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish) va 2443-moddasi (diniy mazmundagi materiallarni qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash, olib kirish yoki tarqatish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llangan. Ayni paytda Tursunovga qo‘yilgan ayblovlar bo‘yicha tergov ishlari davom etmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Alisher Tursunov Istanbulning Bohchashehir mavzeidagi uyidan gumonlanuvchi sifatida olib ketilgani haqida xabar berilgan edi. Keyinchalik, ijtimoiy tarmoqlarda Tursunov Turkiyadan O‘zbekistonga deportatsiya qilingani haqida xabarlar tarqaldi. Shundan so‘ng, O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi Alisher Tursunovni Turkiyadan O‘zbekistonga deportatsiya qilinganini rasman tasdiqlagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Mubashshir Ahmad Azon Global Alisher Tursunov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing