Mualliflik huquqining amal qilish muddati uzaytirildi 

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasining “Intellektual mulk ob’ektlarining huquqiy muhofazasi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonuni bilan intellektual mulk sohasida ayrim qonunchilik hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.

Kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, mualliflik huquqi muallifning vafotidan keyin 70 yil davomida amal qilishi belgilandi (ilgari ushbu muddat 50 yil edi).

Qonunga ko‘ra, tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnoma berilganidan so‘ng Intellektual mulk agentligi talabnoma haqidagi ma’lumotlarni veb-saytiga 1 ish kunida joylashtiradi.

Ushbu e’lon asosida manfaatdor shaxslar Agentlikka talabnoma nohalol topshirilgan ariza haqida e’tiroz bildirishi mumkin.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.


Maqola muallifi

Teglar

mualliflik huquqi

Baholaganlar

33

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing