Mo‘’jiza sari 10 bosqich: yettinchi bosqich — o‘yin-kulgu mo‘’jizasi

Biznes

image

Ko‘ngil ochish haqida gapirganda mo‘’jiza qayerdan boshlanadi? Bolalik chog‘idagi o‘yin maydonchasidagi arg‘imchoqlarda o‘tkazilgan cheksiz vaqtlardan boshlanadi. Barcha davirlardako‘pchilik uchun bu eng ajoyib ko‘ngilochar maydoncha edi. Yendi bolalarimizniqalbini arg‘imchoqlardan iborat mo‘’jizali o‘lka bo‘ylab sayohatlarga boy bo‘lgan o‘yin-kulgu mo‘’jizalari bilan to‘ldiramiz.

Ko‘ngilochar sayilgohlarning tarixi yuz yildan oshadi. Ushbu turdagi sayilgohlar ba’zilarni qulay, bayramona muhitda dam olish imkoniyati, boshqalarni adrenalin va ko‘plab diqqatga sazovor joylari bilan jalb qiladi, yana birlari esa oilaviy ta’til sifatida tanlaydilar. Mo‘’jizali o‘lkada butun oila uchun unutilmas dam olish vaqtini yaratish g‘oyasi The Magic jamoasining asosiy maqsadi.

Magic City-ning yaratuvchilari tashrif buyuruvchilar uchun ulkan tajriba yaratishga, ularni mo‘’jizali dunyoga singdirishga, barcha orzularini amalga oshirishga, shu bilan birga ularni o‘yin-kulguning mo‘’jizalariga to‘liq sho‘ng‘dirishga intilishadi. 

Buning uchun, ijodiy dizayn va ilg‘or texnologiyalarni uyg‘unlashtira oladigon, diqqatga sazovor joylarni barpo etgan va dunyoning eng yaxshi ishlab chiqaruvchilari deb hisoblanovchi Zamperla, SBF VISA, C&S kabi kompaniyalar bilan hamkorlik shartnomasi tuzildi.

Tashrif buyuruvchilarni 28-ta zamonaviy attraksionlar kutmoqda. Ulardan ba’zilarini taqdim etamiz.

41 metr balandlikga ega Swing Tower yo‘lovchilarni balandlikga ko‘tarib ularga atrofdagi ajoyib manzaradan bahramand bo‘lish imkonini beradi.


 
Qadimgi klassik uslubidan ilhomlangan yangi Endeavor o‘zining oldingi ajoyib xususiyatlarini saqlab qolgan holda ultra texnologik attraksion diqqatingizga sazovor bo‘ladi. O‘rnatilgan o‘rindiqlar 30 m. balandlikda ajoyib tezlik bilan parvoz qilish imkoniyatini beradi. LED yoritgichlari sanoat uslubi bilan birgalikda ajoyib effekt bilan hayratlantiradi.


 
Zamperla kompaniyasidan Thunderbolt deb nomlangan quvnoq tepaliklar attraksioni birinchi bo‘lib Nyu-Yorkda joylashgan Koni-Aylend orolidagi sayilgohda o‘rnatildi. Trekning maksimal balandligi 21 metrni tashkil etadi, maksimal tezligi soatiga 70 km.

 Shuningdek, sayilgoh hududida 80 metr balandlikdagi eng katta charxpalak joylashgan bo‘lib, u sizga Toshkentga o‘zginigoh bilan qarashga va sayohat davomida poytaxt ob’ektlari to‘g‘risida aql bovar qilmaydigan tarixiy faktlarni bilib olishga imkon beradi.


 
Disko — bu yana bir ajoyib va dinamik attraksion, unda reyslar ko‘rinishidagi o‘q bo‘ylab harakatlanadigan ulkan disk mavjud.

Bu, sayilgoh yaratuvchilari mehmonlarni hayratda qoldirish uchun tayyorlayotgan ajoyib joylarning kichik bir qismidir.

Har bir ob’ekt mo‘’jizali va aql bovar qilmaydigan dunyo muhiti bilan to‘ldiriladi.

Ammo bu,Magic City hududida yaratilayotgan mo‘’jizalarni hammasi emas. Oilaviy-ko‘ngilochar hududida zamonaviy va mavzuli Akva park ham qurilmoqda.

Bu barcha suv sevuvchilarning orzusi. Akva park eng zamonaviy suv attraksionlari va qiziqarli ko‘ngil-ochar joylari bilan barchangizni hayratda qoldiradi.

Har bir attraksion juda ko‘p his-tuyg‘ular va adrenalin baxsh etadi, va eng muhimi butunlay xavfsiz bo‘ladi.

Hozirgi vaqtda sayilgohda qurilish ishlari olib borilmoqda.

Hamkorlik va ijaraga olish uchun quyidagi telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qiling: +998 71 202 77 99

Reklama huquqi asosida

 


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Magic City

Baholaganlar

10

Reyting

3.4

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made