Muhimi birinchi vaksina emas, uning Amerika uchun ishonchli bo‘lishi – AQSH Sog‘liqni saqlash vaziri

Olam

image

Avvalroq, Rossiyada ishlab chiqarilgan koronavirusga qarshi vaksina ro‘yxatdan o‘tkazilgani haqida xabar bergan edik. AQSH Sog‘liqni saqlash vaziri Aleks Azar Rossiya tomonidan tayyorlangan vaksinaga o‘z munosabatini bildirdi. “Muhim bo‘lgan narsa “ilk vaksina”ni o‘ylab topish emas. Muhimi, bu vaksinaning Amerika xalqi va dunyo uchun foydali va ishonchli bo‘lishidir”, deydi Azar. Uning qayd etishicha, FDA oltin standartidagi millionlab vaksinalar 2021 yilgacha tayyor bo‘lishini aytdi.

Azar shaffof ma’lumotlarga ehtiyoj borligini va bu ma’lumotlarni emlashning xavfsiz va samarali ekanligini ko‘rsatadigan uchinchi bosqich sinovlaridan olish kerakligini ma’lum qildi. “Shu sababdan prezident Tramp tarixiy Warp Speed operatsiyalarini ishlab chiqmoqda”, deydi vazir. 

Rossiyadagi koronavirusga qarshi ilk vaksina “Sputnik V” deb nomlangan. Vaksinaga navbatda turgan davlatlar qatorida Lotin Amerikasi, Yaqin Sharq va Osiyo davlatlari bor.Rossiyaga 20 davlatdan koronavirus vaksinasiga 1 mlrd doza uchun buyurtma tushgan

“Sputnik V” vaksinasining klinik sinovi iyun oyida Sechenov universiteti va Burdenko nomidagi harbiy gospitalda boshlangandi. Ularning har birida 38 nafardan ko‘ngilli qatnashdi. Sinovning uchinchi bosqichida RF Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, 2 ming ko‘ngilli qatnashadi.

Uchinchi bosqichda vaksina BAA, Saudiya Arabistoni va boshqa qator davlatlarda ham sinovdan o‘tkaziladi.

“Mening qizlarimdan biri shu vaksinaga emlandi. U sinovda ishtirok etdi”, dedi Putin hukumat yig‘ilishida

Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, vaksina yuborilgan kuni qizida harorat 38 darajaga ko‘tarilgan. Keyingi kun esa 37 darajadan yuqoriroq bo‘lgan. Shu bilan isitma o‘tib ketgan.


Maqola muallifi

Teglar

vaktsina Aleks Azar

Baholaganlar

202

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing