Muhammad Saloh yilning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi
Sport
−
20 avgust 2025 4200 2 daqiqa
Angliyaning “Liverpul” jamoasi hujumchisi Muhammad Saloh Professional futbolchilar assotsiatsiyasining (PFA) talqiniga ko‘ra, yilning eng yaxshi futbolchisi deb e’lon qilindi. Bu haqda BBC xabar berdi.
33 yoshli Saloh o‘tgan mavsumda “Liverpul”ning chempionlik yutug‘ida muhim rol o‘ynab, bu sovrinni uch marta ( 2017-2018, 2021-2022 va 2024-2025 yil) qo‘lga kiritgan tarixdagi birinchi futbolchiga aylandi. 2024-2025-yilgi mavsumda Saloh 29 ta gol urib, Premer-liganing eng yaxshi to‘purari bo‘ldi. Unga sovrin uchun jamoadoshi Aleksis Mak Allister, “Manchester Yunayted” sardori Brunu Fernandesh, “Nyukasl” hujumchisi Aleksander Isak, “Chelsi” futbolchisi Koul Palmer va “Arsenal” yarim himoyachisi Deklan Rays ham raqobat qilgan edi.
Shuningdek, “Aston Villa” jamosining yarim himoyachisi Morgan Rojers yilning eng yaxshi yosh futbolchisi sifatida etirof etildi. U Endi Grey, Geri Shou, Eshli Yang va Jeyms Milnerdan keyin mavsumning eng yaxshi yosh futbolchisi deb topilgan “Aston Villa” jamaosining 5- o‘yinchisiga aylandi. Rojers 2024 yil fevralida 15 million funt evaziga “Midlsbro”dan transfer qilingan va tezda Unai Emeri qo‘l ostida asosiy futbolchiga aylangandi.
23 yoshli yarim himoyachi o‘tgan mavsumda barcha musobaqalarda 54 uchrashuvda maydonga tushib, 14 ta gol urdi. Uning jamoasi Premer-ligada 6-o‘rinni egalladi, Chempionlar ligasi chorak finali va Angliya kubogi yarim finaliga qadar yetib bordi.
Bundan tashqari, Angliya terma jamoasining sobiq bosh murabbiysi Garet Sautgeyt futbolga qo‘shgan hissasi va milliy jamoa bilan erishgan yutuqlari uchun 2025 yilda PFA'ning maxsus mukofotiga sazovor bo‘ldi.
U 2016 yildan 2024 yilgacha boshqargan Angliya terma jamoasi bilan to‘rtta yirik turnirda ishtirok etib, ularni Yevro-2020 va Yevro-2024 finaliga hamda 2018 yilgi Jahon chempionati yarim finaliga olib chiqqan murabbiy hisoblanadi. Uning mehnatlari e’tirof etilib, PFA tomonidan maxsus mukofot topshirildi.
Live
Barchasi