Muhammad Rizo Ogahiy tavalludining 210 yilligi mamlakat miqyosida keng nishonlanadi
Jamiyat
−
25 mart 2019
7266O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Muhammad Rizo Erniyozbek o‘g‘li Ogahiy tavalludining 210 yilligini nishonlash hamda Xiva shahrida Ogahiy ijod maktabini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanalida xabar berildi.
Qarorga muvofiq, 2019 yil dekabr oyida Muhammad Rizo Erniyozbek o‘g‘li Ogahiy tavalludining 210 yilligi mamlakat miqyosida keng nishonlanadi.
Shuningdek, Xiva shahrida Ogahiy nomidagi ona tili va adabiyot fanini chuqurlashtirib o‘qitishga hamda xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internati (Ijod maktabi) tashkil etiladi.
Ijod maktabiga o‘quvchilar tanlov asosida qabul qilinadi.
LiveBarchasi