MTRK raisining birinchi o‘rinbosari Farhod Mahmudov vafot etdi

Madaniyat-san’at

image
0:00
0:00
download

Bugun, 27 iyun kuni jurnalist, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisining birinchi o‘rinbosari Farhod Mahmudov vafot etdi.

Farhod Mahmudov 1973 yil Toshkent viloyati Chinoz tumanida tug‘ilgan. U 1996 yil Toshkent davlat universitetini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi jurnalist. 2008 yil “Mehnat shuhrati” ordeni, 2018 yilda “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist” faxriy unvoni bilan taqdirlangan.

Farhod Mahmudov 1995 yildan buyon O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tizimida turli lavozimlarda, prezident adminstratsiyasida faoliyat ko‘rsatgan.

QALAMPIR.UZ tahririyati marhumning yaqinlari va oila a’zolariga hamdardlik bildiradi.


Maqola muallifi

Teglar

Farhod Mahmudov

Baholaganlar

632

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing