MTMni ta’mirlayotgan yigitlar tok urishidan vafot etdi
Jamiyat
−
02 noyabr 2019
7982Xorazm viloyatida tok urishi natijasida ikki yigit hayotdan bevaqt ko‘z yumdi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligining “Postda” nashri xabar berdi.
Xorazm viloyati Hazorasp tumani Bog‘dor mahallasida joylashgan maktabgacha ta’lim muassasasi binosida ta’mirlash ishlarini olib borayotgan yollanma ishchilar xavfsizlik qoidalariga amal qilmagani uchun halokatga uchrashdi.
Xonqa tumani “Katta kuch” mahallasida yashovchi uch yigit temirdan yasalgan havozani ko‘targan vaqtida tepadan elektr simi o‘tganinini bir zumga unutishdi.
Oqibatda havoza elektr simiga tegib ketishi natijasida ularni elektr toki urdi. Yigitlardan ikkisi voqea joyida hayotdan ko‘z yumdi. Yana biri shifoxonaga yotqizildi.
Ayni paytda holat yuzasidan surishtiruvni prokuratura olib bormoqda.
LiveBarchasi